Skip to content

Mohirdevelopers/medium-clone-backend-initial

Repository files navigation

Medium Clone Loyihasi

Umumiy Ma'lumot

Bu Django loyihasi Docker va lokalni uchun sozlangan. Ushbu qo'llanma sizga lokal muhitni sozlash va loyihani ishga tushirishga yordam beradi.

Talablar

  • Docker
  • Docker Compose
  • Python 3.x

Sozlash

.env Faylini Yaratish

  1. Loyihaning asosiy papkasida .env nomli fayl yarating.

  2. .env fayliga quyidagi muhit o'zgaruvchilarini qo'shing:

    SECRET_KEY=g7df7fg8hgfdg9fdg8d7fg567sd5f098dfg7df
    DEBUG=True
    DB_ENGINE=django.db.backends.sqlite3
    DB_NAME=db.sqlite3
    DB_USER=
    DB_PASSWORD=
    DB_HOST=
    DB_PORT=
  3. Pre commit hookni o'rnatish (Ixtiyoriy)

    Siz pre-commit hookni o'rnatish orqali kodlaringizni git orqali kommit qilishdan oldin bir nechta avtomatik tekshiruvlardan o'tkazishingiz mumkin. Masalan: migratsiyalarni tekshirish, kodlardagi xatoliklarni aniqlash, kodlarni qayta formatlash va hokazo. Ushbu tekshiruvlarni bajarish buyruqlar .pre-commit-config.yaml faylida yozilgan.

    Pre-commit hookni o'rnatish buyurug'i:

    pre-commit install
    

Django-ni Lokalda Ishga Tushurish

Agar Django-ni Docker orqali emas, balki lokalda ishga tushirmoqchi bo'lsangiz, quyidagi amallarni bajaring:

  1. Virtual muhit yaratish va faollashtirish:

    Virtual muhitni yaratish:

    python -m venv venv

    Vitural muhitni aktivlashtirish (Linux, MacOs)

    source venv/bin/activate
    # or
    . ./venv/bin/activate
    

    Vitural muhitni aktivlashtirish (Windows)

    .\venv\Scripts\activate
    
  2. Loyihaning kutubxonalarini o'rnatish:

    pip install -r requirements.txt
  3. Migratsiyalarni qo'llash:

    python manage.py migrate
    # or
    ./manage.py migrate
  4. Superuser yaratish (agar kerak bo'lsa):

    python manage.py createsuperuser

Docker Compose-ni Ishga Tushurish

  1. Kompyuteringizda Docker va Docker Compose o'rnatilganligini tekshiring.

  2. Loyihaning asosiy papkasida quyidagi buyruqni bajaring:

    docker-compose up --build

    Bu buyruq sizning docker-compose.yml faylingizda belgilangan konteynerlarni build qiladi va ishga tushiradi.

  3. Konteynerlarni fon rejimida (background) ishga tushurish uchun:

    docker-compose up -d --build
  4. Konteynerlarni to'xtatish va o'chirish uchun:

    docker-compose down
  5. Django serverini ishga tushurish:

    python manage.py runserver

    Server http://127.0.0.1:8000/ manzilida ishlaydi.

About

No description, website, or topics provided.

Resources

Stars

Watchers

Forks

Releases

No releases published

Packages

No packages published

Languages