WHILE, RO'YXATLAR VA LUG'ATLAR
Ro'yxatlar (lug'atlar) bilan ishlashda while tisklining foydalari juda ko'p. Misol uchun foydalanuvchidan bir nechta ma'lumotlarni qabul qilib olish, ro'yxatdan takrorlanuvchi qiymatlarni o'chirib tashlash yoki bir ro'yxatni ikkinchi ro'yxatga ko'chirishda while tsiklidan foydalanishimiz mumkin.
WHILE YORDAMIDA RO'YXATNI TO'LDIRISH Quyidagi dasturga e'tibor bering, avval ismlar degan bo'sh ro'yxat yaratib oldik. Keyin esa while tsikli yordamida foydalanuvchidan ro'yxatga ism qo'shishni so'raymiz. So'ngra foydalanuvchidan yana ism qo'shmoqchi yoki yo'q ekanin so'raymiz va foydalanuvchining javobiga ko'ra yoki while ni boshiga qaytamiz, yoki tsiklni to'xtatamiz.