Skip to content

Releases: Husniddin989/muallim-quron

Muallim Qurʼon 2.2

Choose a tag to compare

@Husniddin989 Husniddin989 released this 25 Oct 12:07
  • Internet bir zum uzilsa, qiroat o'zi qayta ulanib, to'xtagan joyidan davom etadi.
  • Agar telefon yoki provayder audio.muallim-quron.uz manziliga ulana olmasa, audio va yuklab olish avtomatik zaxira manzildan olinadi.
  • Qiroat yuklanayotganda "yuklanmoqda…" yozuvi ko'rinadi.

Eski versiya ustidan yangilanadi, yuklab olingan suralar va mashq yozuvlari saqlanib qoladi.

Sayt: https://www.muallim-quron.uz/

Muallim Qurʼon 2.1

Choose a tag to compare

@Husniddin989 Husniddin989 released this 25 Oct 11:56
  • Audio endi o'z domenimizdan keladi: audio.muallim-quron.uz (Cloudflare). Avvalgi vaqtinchalik manzildagi tezlik cheklovi yo'q, qiroat tezroq boshlanadi.
  • Boshqa o'zgarish yo'q. Eski versiya ustidan yangilanadi, yuklab olingan suralar va mashq yozuvlari saqlanib qoladi.

Sayt: https://www.muallim-quron.uz/

Muallim Qurʼon 2.0 — butun Qurʼon

Choose a tag to compare

@Husniddin989 Husniddin989 released this 24 Oct 13:53

Butun Qurʼon: 114 sura, 6236 oyat, mushafning 604 sahifasi. Qori: Mahmud Xalil al-Husariy.

  • Mushaf sahifalari ilova ichida, internetsiz o'qiladi (ilova 67 MB).
  • Istalgan oyatni bossangiz, o'sha oyat o'qiladi; butun sura yoki boshidan oxirigacha ham tinglash mumkin.
  • Audio internetdan keladi. Istalgan surani yoki hammasini yuklab olish mumkin (jami 2.3 GB). Yuklangan sura internetsiz ishlaydi. Yuklanayotgan surani bosib to'xtatish mumkin.
  • Suralar ro'yxatida qidiruv: nomi (o'zbekcha yoki arabcha) yoki raqami bo'yicha.
  • Mashq rejimi (mikrofon bilan o'qib yozish) avvalgidek.

O'rnatish: Muallim-Quron.apk ni yuklab oching. Eski versiya ustidan yangilanadi. 1.4 versiyada yuklab olingan suralarni qayta yuklab olish kerak bo'ladi.

Sayt: https://husniddin989.github.io/muallim-quron/

Muallim Qurʼon 1.4

Choose a tag to compare

@Husniddin989 Husniddin989 released this 24 Oct 12:52

Ilova endi 4.7 MB (avval 144 MB edi).

  • Audio internetdan (Cloudflare) o'qiladi, ilova ichida saqlanmaydi.
  • Har bir sura yonida yuklab olish tugmasi bor (hajmi ham yozilgan). Yuklangan sura internetsiz ishlaydi. ✓ belgisini ikki marta bossangiz, yuklangan sura o'chiriladi.
  • Ro'yxat tepasida Hammasini yuklab olish tugmasi bor (barcha suralar, 134 MB).
  • Internet bo'lmasa va sura yuklanmagan bo'lsa, ilova buni aytadi.
  • Mashq rejimi (mikrofon bilan o'qib yozish) avvalgidek ishlaydi.

O'rnatish: Muallim-Quron.apk faylini yuklab oching. Eski versiya ustidan yangilanadi, mashq yozuvlaringiz saqlanib qoladi.

Sayt: https://husniddin989.github.io/muallim-quron/

Muallim Qurʼon 1.3

Choose a tag to compare

@Husniddin989 Husniddin989 released this 24 Oct 10:29

Yangi:

  • 70–89-suralar qo'shildi. Endi 70–114-suralar bor (mushafning 568–604-betlari).
  • Mashq rejimi: yuqoridagi mikrofon tugmasini bosing, oyat yoki surani o'zingiz o'qib yozib oling. Men tugmasi bilan o'z qiroatingizni, Qori bilan namunani tinglab solishtiring. Yozuvlar faqat telefoningizda saqlanadi.
  • Suralar ro'yxati poralar bo'yicha guruhlandi.

O'rnatish: Muallim-Quron.apk faylini telefonga yuklab oching. Eski versiya ustidan yangilanadi. Birinchi marta yozishda telefon mikrofonga ruxsat so'raydi.

APK hajmi 144 MB, chunki unda internetsiz ishlashi uchun barcha audio bor.

Sayt: https://husniddin989.github.io/muallim-quron/

Muallim Qurʼon 1.2

Choose a tag to compare

@Husniddin989 Husniddin989 released this 24 Oct 09:33

Android ilova: 90–114-suralar (mushafning 594–604-betlari), Mahmud Xalil al-Husariy qiroati.

O'rnatish: Muallim-Quron.apk faylini telefonga yuklab oching. Telefon so'rasa, shu manbadan o'rnatishga ruxsat bering.

  • Sahifadagi istalgan oyatni bossangiz, o'sha oyat o'qiladi.
  • Rejimlar: Bitta oyat, Butun sura, Davomli. Takrorlash ham bor.
  • Internetsiz ishlaydi.

"Tajvidli Qurʼon" nomli eski versiya o'rnatilgan bo'lsa, bu versiya uning ustidan yangilanadi.

Sayt: https://husniddin989.github.io/muallim-quron/