Repository navigation
bitg 0.2.0
·
47 commits
to main
since this release
Immutable
release. Only release title and notes can be modified.
bitg endi Linux'da ham ishlaydi. Ubuntu 22.04+ va Debian 12+ uchun IBus kiritish usuli: eskicha yozasiz — so'z tugashi bilan yangi alifboga (ö ğ ş ç) o'tadi, inglizcha so'z, havola va kodga tegmaydi, Backspace asl so'zni qaytaradi.
📦 Qaysi faylni olish kerak
| Tizim | Fayl | O'rnatish |
|---|---|---|
| Windows 10 / 11 (x64) | bitg-0.2.0-x64.msi |
ikki marta bosing, so'ng Win + Probel → bitg |
| Ubuntu / Debian (IBus, GNOME) | bitg_0.2.0_amd64.deb |
sudo apt install ./bitg_0.2.0_amd64.deb && ibus restart |
| Linux, Fcitx5 (KDE va boshq.) — sinov | fcitx5-bitg_0.2.0_amd64.deb |
sudo apt install ./fcitx5-bitg_0.2.0_amd64.deb, so'ng fcitx5-configtool → bitg |
Linux'da o'rnatgach: Sozlamalar → Klaviatura → Kiritish manbasi qo'shish → O'zbek → bitg, Super + Probel bilan tanlang. Batafsil: bitg.uz/yuklab-olish.
Har fayl yonida .sha256 bor: sha256sum -c bitg_0.2.0_amd64.deb.sha256.
✨ Yangi
- Linux IBus dvigateli. Dastur kursor oldidagi matnni bersa, so'z joyida almashtiriladi. Bermasa, so'z tagi chizilgan holda yoziladi va probelda o'girilib tushadi.
- Parol, PIN, email maydonlari va terminallarda bitg avtomatik o'chiq.
- Sozlamalar va istisnolar:
~/.config/bitg/settings.ini,exceptions.txt— Windows bilan bir xil format. - Fcitx5 qo'shimchasi — yig'iladi va yuklanadi, real dasturlarda sinov davom etmoqda. Muammo bo'lsa issue oching.
✅ Sifat
- Haqiqiy
ibus-daemonbilan uchidan-uchiga sinov: 8/8 (o'girish, inglizcha matn, kirill, Backspace, Enter, preedit, fokus, parol maydoni). lintianxatosiz; paket o'rnatish va o'chirish CI'da tekshiriladi.- Windows qismi v0.1.0 bilan bir xil — yangilash shart emas, lekin zarari ham yo'q.
To'liq ro'yxat: CHANGELOG.md · v0.1.0...v0.2.0