Skip to content

Releases: NestSoftUz/hisobchi-releases

TezHisob 1.1.1

Choose a tag to compare

@Saidburhoniddin Saidburhoniddin released this 13 Aug 06:06

Tuzatishlar versiyasi. Windows'da dastur yiqilishiga sabab bo'lgan xato bartaraf etildi.

  • Mahsulot qo'shishda dastur yopilib qolardi — Windows va noutbukda «Mahsulot qo'shish» ekranidagi shtrix-kod tugmasi bosilganda dastur to'satdan yopilardi. Sabab: kamera orqali skanerlash faqat telefon va planshetda ishlaydi, kompyuterda esa u umuman mavjud emas edi. Endi kompyuterda bu tugma ko'rsatilmaydi.

    Kompyuterda shtrix-kod avvalgidek USB skaner bilan o'qiladi — maydonni bosib skanerlayvering, hech narsa o'zgarmadi.

  • Sotuv ekranida ham xuddi shu holat bor edi (kamera tugmasi kompyuterda ishlamas edi) — u ham tuzatildi.
  • Eski nom qolgan joylar — kirish ekrani, bildirishnomalar va Telegram xabarlarida ba'zi joylarda hamon «Hisobchi» yozuvi turardi. Hammasi TezHisobga o'zgartirildi.

⚠️ Agar sizda 1.1.0 o'rnatilgan bo'lsa, bu versiya odatdagidek yangilanish sifatida o'rnatiladi — ma'lumotlaringizga tegmaydi.

Eski «Hisobchi» (1.0.11 va undan oldingi) hali telefonda tursa, undan zaxira nusxa olib yangisiga tiklashni unutmang — u alohida dastur.

Savol tug'ilsa — @tezhisob_support_bot.

TezHisob 1.1.0

Choose a tag to compare

@Saidburhoniddin Saidburhoniddin released this 13 Aug 03:01

Dastur nomi Hisobchidan TezHisobga o'zgardi. Bozorda shu nomli boshqa dastur bor ekan — chalkashlik bo'lmasligi uchun nom almashtirildi. Dasturning o'zi, ma'lumotlaringiz va ishlash tartibi o'zgarmadi.

  • Yangi nom va yangi manzil — dastur endi tezhisob.uz domenida ishlaydi. Logo va ekranlar o'sha-o'sha.
  • Yangi Telegram botlar — @tezhisob_support_bot (yordam), @tezhisob_activator_bot (aktivatsiya), @tezhisobot_bot (savdo hisobotlari). Dastur ichidagi havolalar avtomatik yangilandi.
  • Bildirishnomalar — hisobot botidan xabar olish uchun @tezhisobot_bot ga bir marta «Start» bosing va Telegram ID ni Sozlamalardan qayta bog'lang.

⚠️ Bu versiya alohida dastur sifatida o'rnatiladi. Nom bilan birga dasturning tizimdagi identifikatori ham o'zgardi, shuning uchun Android uni yangilanish emas, yangi dastur deb qabul qiladi: eski «Hisobchi» telefonda qolib, yonida «TezHisob» paydo bo'ladi.

Nima qilish kerak:

  1. Yangi versiyani o'rnating.
  2. Ma'lumotlaringizni ko'chirish uchun eski dasturda zaxira nusxa oling (Sozlamalar → Zaxira) va yangisida tiklang.
  3. Hammasi joyida ekaniga ishonch hosil qilgach eski dasturni o'chiring.

Savol tug'ilsa — @tezhisob_support_bot.

Hisobchi 1.0.11

Choose a tag to compare

@Saidburhoniddin Saidburhoniddin released this 07 Aug 04:30

Bu versiya dasturga kirishga to'sqinlik qilgan jiddiy xatoni tuzatadi.

  • «Siz bu qurilmada oldin dasturni ishlatgansiz» — ba'zi telefonlarda dastur birinchi marta o'rnatilayotgan bo'lsa ham shu xabar chiqib, ichkariga kiritmasdi. Sabab: qurilmalarni bir-biridan ajratishda telefonning proshivka raqami ishlatilgan edi, u esa bir xil modeldagi (va bir xil Android yangilanishidagi) telefonlarda bir xil bo'ladi. Endi har bir qurilma o'zining noyob raqamini oladi.
  • Litsenziya bilan aktivatsiya — xuddi shu sabab tufayli kalit kiritilganda ham «Qurilmani ro'yxatdan o'tkazishda xatolik» chiqishi mumkin edi. Tuzatildi.
  • Qurilma boshqa do'konga o'tsa — endi telefonni boshqa mijoz nomiga qayta ro'yxatdan o'tkazish mumkin (ilgari birinchi ro'yxatdan o'tish uni abadiy band qilib qo'yardi).

⚠️ Allaqachon ishlab turgan qurilmalarga ta'sir qilmaydi — ular o'z joyida qoladi, qayta aktivatsiya va ma'lumotni ko'chirish talab qilinmaydi. Yangilanishni odatdagidek o'rnatavering.

Hisobchi 1.0.10

Choose a tag to compare

@Saidburhoniddin Saidburhoniddin released this 05 Aug 04:45

Bu versiyada ulgurji savdo bo'limi va qadoqlab sotish (qop, quti) qo'shildi.

  • Doimiy mijozlar — yangi bo'lim: har mijozning kartochkasi (qarzi, limiti, aylanmasi), o'z narxlari, buyurtmalari, akt sverka va qaytarish. Ekspeditor uchun alohida ruxsat shabloni bor.
  • Qadoq bilan ishlash — mahsulotga «qop = 50 kg» deb belgilaysiz va shundan keyin miqdorni ham, narxni ham qopda kiritasiz. Ombor va partiyalarda «10 qop (500 kg)» ko'rinishida chiqadi. Variantlar har xil qopda bo'lishi mumkin (50 kg va 25 kg).
  • Kirimda qopda narx — «1 qop = 300 000» deb yozsangiz, kilogramm tannarxi o'zi hisoblanadi. Yorliq qaysi birlikda yozayotganingizni doim ko'rsatib turadi.
  • Hisobotlar aniqroq — zarar endi qizil rangda va to'g'ri formatda ko'rinadi (ilgari katta manfiy summa ajratuvchisiz chiqardi).
  • Kasr miqdorlar — yarim kilogramm kabi miqdorlar endi yaxlitlanmaydi.
  • Summa kiritish — narx va miqdor maydonlari «12 000» va «12,5» ko'rinishidagi yozuvni hamma joyda tushunadi.
  • Nasiya savdo (fiskal rejim) — Sozlamalar → Fiskal bo'limidan yoqiladi. Yoqishdan oldin izohni o'qing: fiskal chek to'liq summaga chiqadi.
  • Fiskal xotira ogohlantirishi — smena ochilganda z-hisobot joyi tekshiriladi va tugayotgan bo'lsa oldindan ogohlantiradi.

Hisobchi 1.0.9

Choose a tag to compare

@Saidburhoniddin Saidburhoniddin released this 03 Aug 02:18

Bu versiyada asosiy e'tibor fiskal ishonchlilik va ma'lumot butunligiga qaratildi.

  • Fiskal chek endi yo'qolmaydi — kassa dasturi (VCR) javob bermasa, chek navbatga olinadi va aloqa tiklangach avtomatik ro'yxatga o'tadi. Navbat holati Sozlamalar → Fiskal bo'limida ko'rinadi.
  • Aloqa uzilishi nazorati — fiskalsiz ishlash muddati (24 soat) sanab boriladi; muddat tugashiga yaqin ogohlantirish chiqadi.
  • Inventarizatsiya — ortiqcha topilgan tovar uchun ta'minotchi qarzi endi to'g'ri hisobga olinadi.
  • Ulanish barqarorligi — aloqa uzilganda dastur uni o'zi tiklaydi; boshqaruv panelidan yuborilgan buyruqlar kechikmay yetadi.
  • Yangilanish bildirishnomasi — muhim yangilanishlar aniq ko'rinadigan bo'ldi.

Hisobchi 1.0.8

Choose a tag to compare

@Saidburhoniddin Saidburhoniddin released this 01 Aug 09:20

Bu versiyada asosiy e'tibor ishonchlilik va hisobotlar aniqligiga qaratildi.

  • Sinxronizatsiya barqarorligi — ko'p qurilmali do'konda ma'lumot to'liq va bir xil bo'lishi ta'minlandi.
  • Qaytarish (return) — chekda nima, nechta va qancha pul qaytgani aniq ko'rinadi; qisman qaytarilgan cheklar alohida belgilanadi.
  • Chek raqami — endi har chekda tushunarli tartib raqam va kassir ismi bo'ladi.
  • Hisobotlar — savdo qaysi xodim tomonidan qilingani to'g'ri hisobga olinadi.
  • Xavfsizlik — imtiyozli amallar uchun qo'shimcha himoya qatlamlari.

Hisobchi 1.0.3

Choose a tag to compare

@Saidburhoniddin Saidburhoniddin released this 29 Jul 06:35

Yangiliklar

Rahbar hisoboti

  • Narx nazorati — kassir karta narxidan farqli sotgan bo'lsa ko'rinadi: nechta chek, qancha kam/ortiq olingan, qaysi kassir va qaysi mahsulotda.
  • Kassa sverkasi — smena yopilishida sanalgan naqd tizim kutgan naqd bilan solishtiriladi: kam/ortiq chiqqan summalar, eng katta farqli smenalar, xodim kesimida.

Telegram xabarlari

  • Har savdo endi chek ko'rinishida keladi: har qator miqdor × narx = summa, chegirma alohida qator, to'lov taqsimoti.
  • Narx o'zgartirilgan bo'lsa — chekdan keyin alohida ogohlantirish xabari.

Chek (muhim)

  • Narx o'zgartirilgani haqidagi belgi bosma chekdan olib tashlandi — chek xaridorga beriladi, ichki nazorat unga ko'rinmasligi kerak. Nazorat rahbar hisobotida va Telegram'da qoladi.

Kirish

  • Rahbar endi istalgan qurilmadan kira oladi (ilgari client qurilmada "noto'g'ri PIN" chiqardi).
  • Har bunday kirish qayd etiladi: kim, qaysi kassadan, qanday ulangan.

Fiskal

  • Fiskal rejimni endi paneldan yoqish/o'chirish mumkin. Fiskal modul faqat Windows server qurilmada ishlaydi.

Tuzatishlar

  • Qurilma ilova versiyasini noto'g'ri xabar berardi (har doim 1.0.0) — endi haqiqiy versiya ko'rinadi.
  • Xodimga berilgan 4 ta ruxsat client qurilmada ishlamasdi.

O'rnatish

  • Android: app-arm64-v8a-release.apk — yuklab olib o'rnating (ustidan yangilanadi, ma'lumot saqlanadi).
  • Windows: Hisobchi-Setup-1.0.3.exe — ishga tushiring.

⚠️ Android'da "noma'lum manbadan o'rnatish" ruxsatini so'rashi mumkin.